Ogohlantirishlarga qaramay tungi klub faoliyatini toʻxtatmagan qashqadaryolikka nihoyat chora koʻrildi

    Xavfsizlik 20 Sentabr 2020 1055

    Yakkasaroy tumanida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

    2020-yilning 16-sentyabr kunidan 17-sentyabrga oʻtar tunda Yakkasaroy tumani IIO FMB ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv davomida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablari jiddiy buzilishi bilan bogʻliq fakt aniqlandi.

    Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida 24 yoshli Talgat S.ga tegishli boʻlgan kalyanxonada Maxsus komissiyaning 45-son bayonnomasi bilan belgilangan qoida buzilganligi qayd etildi. Mazkur kalyanxona cheklovlarga qaramasdan faoliyat yuritardi. Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Toʻplangan hujjatlar SEOM (Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga) yoʻnaltirildi.

    Shu kunning oʻzida karantin qoidalari buzilishi Yakkasaroy tumani kichik xalqa avtomobil yoʻlida joylashgan “Le Grand” klubida ham qayd etildi.

    Qayd etish joizki, mazkur klubning rahbari – Qashqadaryo viloyatilik 32 yoshli Muzaffar M. tomonidan bir necha bor qoidabuzarliklar qayd etilib, unga Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan profilaktik ogohlantirishlar berilgan.

    Shunga qaramasdan, talablarni mensimagan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgralik toʻgʻrisidagi kodeksining 54 moddasi 1 qismi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) hamda 194 moddasi 2 qismi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Toʻplangan hujjatlar Yakkasaroy tumani maʼmuriy ishlar boʻyicha sudiga yoʻnaltirildi.

    Toshkent shaxar IIBB Axborot xizmati

    Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyildi