Lotereyasiga katta yutuq chiqqanidan so'ng argentinalik Marselo Paredes hayot tarzini o'zgartirishga va boshqa o'g'rilik qilmaslikka va'da berdi.

Marselo Paredes (laqabi Rampito) talonchilik va o'g'rilik qilgani bois etti marta sudlangan, deb yozadi “Sunday Vision”.

Yaqinda uning omadi chopib, sotib olgan lotereya chiptasiga naq 94 million peso (taxminan 9,6 mlrd. so'm) yutib oldi.

Endi Rampito bir paytlar o'zi tunagan odamlarni topib, ularga pullarini ikki hissa qilib qaytarmoqchi.