Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qoʻlga olindi — DXX

    Xavfsizlik 4 Iyul 2025 571

    Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeyidan foydalangan holda, 1958-y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni maʼlum qiladi.

    Qoʻshtirnoq ichida xolis yordam bermoqchi boʻlgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15000 AQSH dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3500 AQSH dollari berishini aytib, jami 18500 AQSH dollari talab qiladi.

    Ammo, u oldindan 9500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.