Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Ohangaron tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda “Ohangaron Muruvvat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi”da tibbiyot ogʻasi vazifasida ishlovchi J.R. fuqaro Sh.ni 2 000 AQSH dollari evaziga ushbu internetga hamshira vazifasiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.