Ohangaron tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivi bunyod etiladi

    Massivda, 1500 oʻrinli umumtaʼlim maktabi,1500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, oilaviy shifokorlik punkti, biznes markaz, mehmonxona, kongress zali, park obyektlari quriladi.

    Ohangaron tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivi bunyod etiladi.

    Bu haqda Toshkent viloyati axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu massiv Ohangaron tumanining “Oʻzbekiston” MFY hududidagi 36 gektar yer maydonida bunyod etiladi.

    2026-2029-yillarda qurilishi moʻljallangan “Yangi Oʻzbekiston” massivida 30 ta 7 qavatli (1-qavati noturar), 51 ta 9 qavatli jami 3 784 xonadonli turar joy binolari qad rostlaydi.

    Shuningdek, massivda, 1500 oʻrinli umumtaʼlim maktabi,1500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, oilaviy shifokorlik punkti, biznes markaz, mehmonxona, kongress zali, park obyektlari quriladi.