Ohangaron tumanida zamonaviy gips mahsulotlari korxonasi bunyod etilmoqda

    Shu kunlarda Ohangaron tumanidagi “Ubayd” mahalla fuqarolar yig'ini hududida “ASLANYAPI” MCHJ XK tomonidan gips va gips mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan korxona bunyod etilmoqda.

    Bino qurilishi uchun hududdan 3 gektar yer maydoni ajratilgan.

    Hozirgi kunda mutaxassislar tomonidan inshootda konstruktsiya va asbob-uskunalar o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda, shuningdek, bino yonida ishchilar yotoqxonasi va qo'shimcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

    Umumiy qiymati 56 mlrd. so'mlik ushbu loyiha joriy yilning iyun oyida ishga tushadi, natijada Ohangaron tumani aholisi uchun 50 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

    Toshkent viloyati hokimligi

    Axborot xizmati