"PREMIUM AGRO PLYUS" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan  mazkur loyiha doirasida shu kunga qadar 2 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy kreditlar jalb qilindi. 

Loyiha foydalanishga topshirilgach, yiliga 400 tonnadan ortiq pomidor etishtirilib, mahsulotning 90 foizini eksportga yo'naltirish ko'zda tutilgan. SHu bilan birga, korxonada 25 dan ortiq yangi ish o'rni yaratish ko'zda tutilgan. 

Umuman keyingi yillarda tumanda tashqi savdo hajmini oshirish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e'tibor hududga xorijiy investorlarni jalb qilishga qaratilmoqda. 

 

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, oxirgi paytda tumanga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori ortib boryapti. Jumladan, o'tgan yili davlatimiz rahbari Ohangaronga tumaniga tashrifi chog'ida chorvachilik koplekslarini bunyod etish to'g'risida topshiriq bergan edi. 2019-2021 yillarda hududda jami 30 ta chorvachilik kompleksi barpo etiladi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 746 mlrd. 598 mln. so'mni tashkil etadi.