Joriy yil iyun oyida Belarus respublikasida o'tkazilgan “BEL AGRO” xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida Toshkent viloyatidan ham qishloq xo'jaligi sohasi vakillari, fermer xo'jaliklari qatnashib, qator hamkorlik shartnomalari imzolangan edi.
Kelishuvlarga ko'ra, Ohangaron tumanidagi “Xidoyat” va “Ofiyat” fermer xo'jaliklari xorijdan birinchi bo'lib piyoz poyalarini o'rish va kovlab olish uskunasini olib keldi.
Shu paytgacha piyozning bir gektarini yig'ishtirib olish 10-11millionga aylanayotgan bo'lsa, bu texnika asosida hosilni yig'ib olish 1 mln, 1.800ga tushyapti.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati piyozni tomchilatib sug'orish texnikalarini qo'llash bo'yicha ham birinchilardan.
Viloyatda ayni paytda 3000 gektardan ortiq piyoz tomchilatib sug'orilyapti.