Marosimda soʻz olganlar mazkur muassasa faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, mazkur markaz viloyatimizda haydovchilar tayyorlash va ular malakasini jiddiy sinovdan oʻtkazish, pirovardida, yoʻllarimizda harakatlanish bilan bogʻliq salbiy va koʻngilsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qilishiga umid bildirdilar.
Marosim ishtirokchilari “Toshkent viloyati imtihon markazi”da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi hamda avtomobil boshqarish yuzasidan bilimlarni sinovdan oʻtkazish jarayonlariga guvoh boʻlishdi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.