Ohangaronlik talaba BMT nufuzli anjumanida ishtirok etadi

    Ta'lim 5 Dekabr 2020 15646

    Laziz Abdulhamidov Ohangaron shahridagi 1-umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga yakunlab, hozir Rossiya Federatsiyasining eng nufuzli oliygohlaridan biri boʻlgan Vyatsk davlat universiteti (VyatGU) ning birinchi kursida grant asosida tahsil olmoqda.

    U yosh boʻlishiga qaramay bir qator xalqaro olimpiadalarda qatnashib, muvaffaqiyatlarga erishdi, chet davlatlarning bir necha nufuzli sertifikatlari sohibi boʻldi.

    Yaqinda Laziz Abdulhamidov kelgusi yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadigan Modeli konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

    Mazkur konferensiya davomida talabalar oʻzining loyihasi orqali dunyodagi vaziyatni yaxshilash, insoniyat farovonligini taʼminlash, dunyoviy muammolarni hal etish borasida takliflarini taqdim etadi, shuningdek, diplomatik yetakchilik, notiqlik koʻnikmalariga ega boʻladi. Bunda ularga taniqli jahon siyosatchilari va BMTning sobiq bosh kotiblari yordam berishadi.