“Ohangaronsement”da mahsulotni qadoqlash yoʻlga qoʻyildi

    Biznes 2 Iyul 2020 987

    “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarilayotgan sementni qopda qadoqlashni yoʻlga qoʻydi.

    Ogʻirligi 50 kilogramm boʻlgan qoplarda “PPS 400” rusumli putsolan portlandsementi xaridorlarga tavsiya qilinyapti. Mahsulotni bunday tarzda qadoqlash isteʼmolchilar uchun qulayligi, yorligʻida kerakli maʼlumotlar mavjudligi va yorqin dizayni bilan ajralib turadi.

    Xaridorlarning istaklarini inobatga olib, qoplarga qadoqlangan mahsulotlar ishonchli va xavfsiz hisoblanadi. Shuningdek, yetakchi firmalarga ham bunday usulda sementni saqlash va tashish birmuncha qulay.

    Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, “Yevrosement grup” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Ohangaronsement” AJda joriy yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, Germaniya va Xitoyning energiyani tejaydigan zamonaviy uskunalari oʻrnatilib, tabiiy gaz, elektr energiyani 60 foiz tejash va mahsulot hajmini bir necha baravar koʻpaytirish, maxsus filtrlar yordamida havo changlanishi va atrof-muhitning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaydigan qiymati 160 million AQSh dollariga teng boʻlgan loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan.