Birgalikda bunyod qilgan uylarida ayol turmushlaridan tugʻilgan ikki nafar farzandini qoldirgan er M.Sh. boshqa ayol bilan turmush qurib koʻchib ketgan edi.
Soʻngra fuqaro M.Sh. mazkur uydagi ulushini sobiq turmush oʻrtogʻi M.G.dan undirish masalasida sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 2024-yil 06-iyuldagi qaroriga asosan M.Shning foydasiga qarzdor M.G.dan birgalikdagi turmushlarida qurilgan uydagi ½ qismi ulushi uchun 133.405.748 soʻm kompensatsiya undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Fargʻona tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga koʻra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda taʼminlash uchun muddat berilgan.
Ijro harakatlari davomida, sobiq xotini boʻlgan M.G. turmush oʻrtogʻi M.Sh.ga 133.405.748 soʻm kompensatsiya pullari toʻliq undirib berishga qaror qildi va shu bilan ijro ishi amalda tamomlandi.