Farmonga koʻra, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi.

Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

▫️Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

▫️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;

▫️viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

▫️tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.