Oila va xotin-qizlar qoʻmitasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan lavozimga tayinlangan Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari – Abdullayeva Umida Hazratovna, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Nurmatova Mukarram Axmedovnalar jamoaga tanishtirildi, deya xabar berdi Qoʻmita axborot xizmati.
Senat raisi T.Narbayeva hamda Bosh vazir oʻrinbosari Z.Maxkamova lavozimga kirishgan rahbarlarning shu kungacha amalga oshirgan faoliyatidagi yutuqlarini eʼtirof etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.









