Prokuratura Departamentining xabar berishicha, Sharof Rashidov tumani gaz taʼminoti boʻlimi loyihachisi qolipli non ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2,8 million soʻm olgan paytida qoʻlga olindi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi laboratoriya mudiri esa ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun muvofiqlik sertifikatini tanishlari orqali tayyorlab berishni vaʼda qilib, evaziga tadbirkordan 2,1 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining matbuot xizmati.