Jumladan, 2023-yilda:

- tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi;

- dehqon xoʻjaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million soʻmgacha oshiriladi (amalda 33 million soʻm);

- avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija koʻrsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin boʻladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);

- yangi kreditlar olgan fuqarolar oʻzini oʻzi band qilganlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanadi;

- kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.

2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion soʻm beriladi (2022-yilda – qariyb 10 trillion soʻm). Prezident yaqinda imzolagan qarorga koʻra, oilaviy tadbirkorlikka qoʻshimcha 300 million dollar ajratiladi.