Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, turar-joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar-joy mulkdorining tashabbusiga koʻra turar-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar-joy mulkoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.









