Okeanortiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

    Zafarobod tumanida fuqaro A.Q. fuqaro B. B. ni tanishlari yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda:

    Zafarobod tumanida fuqaro A.Q. fuqaro B. B. ni tanishlari yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Navoiy shahrida fuqaro S. T. fuqaro M. Sh. ni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.