Qayd etilishicha, OKMK tomonidan 2022-yil yanvar-iyun oylarida 543 888 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 138,2 foiz uddalangan.
Buni mahsulotlar kesimida olib qaraydigan boʻlsak, shu davr ichida 39459 tonna mis, 36907 tonna mis katodi, 2552 tonna mis quvurlari, 30147 tonna rux, 188 tonna kadmiy metali, 418 tonna molibden xorijiy xaridorlarga sotilgan.
Bundan tashqari, 13962 tonna qoʻrgʻoshin konsentrati, 4398 tonna mis kuporosi eksport qilingan.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinki OKMK mahsulotlari, asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Polʼsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afgʻoniston kabi davlatlarga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, kombinat mahsulotlari endilikda yangi bozorlarga — Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapurga ham eksport qilinmoqda.
Ushbu davlatlar asosan mis mahsulotlarini xarid qilishmoqda.