OKMK 2 oyda 101 million dollardan oshiq mahsulot eksportini amalga oshirdi

    Sanoat 9 Mart 2023 1075

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2023-yil yanvar-fevral holati boʻyicha mahsulotlar eksporti rejasi bajarilishi taʼminlandi.

    Jumladan, oʻtgan 2 oyda eksport rejasi 100%ga bajarilib, 101 333 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

    Mahsulotlar kesimida oladigan boʻlsak 6 889 tonna mis mahsulotlari, 5 235 tona rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan.

    Bundan tashqari, reniy, molibden mahsulotlari eksportida ham belgilangan rejalar bajarilgan.

    Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afgʻoniston kabi davlatlarga eksport qilinyapti. Shuningdek, yangi bozorlar ham oʻzlashtirilyapti. Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham kombinat mahsulotlari yuborilgan, deb xabar beradi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati matbuot xizmati.