“Vax bizning 2021-yilgi dunyomizdir. Leksikograflar ingliz tilidagi ma'lumotlarni o'rganishni boshlaganlarida, vax hayratlanarli atama ekanligi tezda namoyon bo'ldi. Bu yilga qadar bizning lug'atimizda nisbatan kam uchraydigan bu so'z sentyabr oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 72 martadan ko'proq uchragan”, deyiladi lugʻat saytida.
Filologlarning ta'kidlashicha, bu so'z norasmiy kontekstda qo'llaniladigan ko'plab hosilalarni keltirib chiqargan: vax saytlari (vax sites), vaksinasiya sertifikatlari (vax cards), emlanganlik (get vaxxed) va to'liq emlanganlik — (being fully vaxxed). “Birorta ham so'z o'tgan yilgi muhitni vaxdan ko'ra yaxshiroq aks ettirmaydi”, — deya ta'kidlaydi filologlar.
2020-yilda Oksford lug'ati bitta so'z bilan cheklanib qolmadi va yil davomida eng ko'p keltiriladigan so'zlar ro'yxatini tuzdi. “O'rmon yong'inlari”, “impichment”, “koronavirus”, “COVID-19”, “cheklov”, “Belarus`” va boshqa so'zlar ham ro'yxatdan joy oldi. Collins lug'ati 2020 yilgi so'zni “lokdaun” deb nomladi. A.S. Pushkin nomidagi Rossiya davlat rus tili instituti yil so'zlarini “o'zini-o'zi izolyatsiya qilish” va “nolga teng” deb atagan. Amerikaning Merriam-Webster izohli lug'atini tuzuvchilari “pandemiya” iborasini o'tayotgan yilning eng mashhur so'zi deb atashgan. “Yandeks” ma'lumotlariga ko'ra, yil so'zlari “karantin”, “o'tish” va “Konstitutsiya” ekani ma'lum bo'ldi.