Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.
Jamgʻarmaning maʼlum qilishicha, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har toʻlov oyining 2-kuniga qadar toʻlov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli Qaror bilan, pensiya toʻlovlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan, — deyiladi xabarda.