Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.
Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,2 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 79 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-oktyabr kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.