1-4-oktyabr kunlari respublika boʻyicha oʻrtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi.
Faqat 2-oktyabrda Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4-oktyabr kunlari respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 1-oktyabrda +7...+12 daraja boʻladi, 2-4-oktyabrda +12...+17 darajagacha koʻtariladi. Kunduz kunlari 1-2-oktyabrda +22...+27 daraja, 3-4-oktyabrda +25...+30 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.
Poytaxtimizda: 1-4-oktyabr kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 3-oktyabrda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Harorat kechalari 1-oktyabrda +9...+11 daraja, +2...+4-oktyabrda 13...+16 darajagacha koʻtariladi, kunduz kunlari 1-2-oktyabrda +24...+27 daraja, 3-4-oktyabrda +27...+30 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.