Xabarda aytilishicha, sentabr oyining oxirida kuzatilgan iliq ob-havodan soʻng, 1-2-oktyabr kunlari Oʻzbekiston hududida ushbu mavsumdagi birinchi kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.
Respublika shimolida, markaziy va sharqiy viloyatlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Havo harorati kunduz kunlari +18...+21 darajagacha, kechalari +8...+13 darajagacha, respublika shimolida kunduz kunlari +13...+16 darajagacha, kechalari +4...+5 dajara iliqqacha pasayadi.
3-oktyabr kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
4-10-oktyabrda butun respublika boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati +5...+7 darajaga koʻtariladi. Kunduz kunlari havo +23...+26 darajagacha isiydi.
Oktyabr oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida ayrim kunlarda (2-3 kun) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Harorat kechalari +10...+15 darajadan +5...+10 darajagacha (respublika shimolida -2 daraja sovuqqacha boʻlishi mumkin), kunduz kunlari +23...+28 darajadan +15...+20 darajagacha oʻzgarib turadi.









