Olaf Shols koronavirusga chalindi

    Germaniya kansleri Olaf Shols koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Siyosatchi test topshirdi, unda koronavirus aniqlandi.

    18-dekabr kuni Germaniya hukumati brifingida matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt kanslerning kasalligi haqida gapirib, u seshanba kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso bilan shaxsan uchrasha olmasligini ma'lum qildi.

    Shols oldin ham koronavirus bilan kasallangan edi. U 2022-yil sentabr oyida mazkur kasallikka chalingan, o'shanda shifokorlar unda yengil shamollash alomatlarini qayd etishgandi, deb xabar beradi mir24.tv.