Tadbir avvalida universitet hovlisidagi “Do‘stlik bog‘i”da buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga sakura ko‘chati ekildi. Ushbu ezgu an’ana Yaponiya va O‘zbekiston do‘stligini tamsil etish barobarida Navoiy ijodiga mehr qo’ygan, Soka universiteti asoschisi, tinchlik va insonparvarlik g‘oyalari targ‘ibotchisi doktor Daysaku Ikeda xotirasiga bag‘ishlandi.
Shundan so’ng universitet foyesida “Olam ichra tanho – Navoiy” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Daysaku Ikeda tomonidan chekilgan noyob fotosuratlar namoyish etildi. Delegatsiya tomonidan ToshDO‘TAUga 35 ta maxsus tarixiy suratlar tuhfa qilindi.
Universitet anjumanlar zalida davom etgan uchrashuvda doktor Daysaku Ikedaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. So‘ng universitet rektori akademik Shuhrat Sirojiddinov, Soka universiteti prezidenti professor Sudzuki, delegatsiya rahbari doktor Yoshiyuki Nagaoka hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi rahbariyati vakillari so‘zga chiqib, Navoiyning insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalari bilan Ikeda ilgari surgan tinchlik falsafasi o‘rtasidagi mushtaraklikni ta’kidladilar.
Tadbir yakunida ToshDO‘TAU talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy dastur mehmonlarga namoyish etildi.
Mazkur uchrashuv buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning “yor o‘ling bir-biringizga” degan hikmatli da’vati va doktor Daysaku Ikedaning tinchlik yo‘lidagi amaliy faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni yana bir bor namoyon etdi hamda O‘zbekiston va Yaponiyaning ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.
“Olam ichra tanho – Navoiy” nomli fotoko‘rgazma ochildi
2025-yil 20-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yaponiyaning Soka universiteti delegatsiyasi ishtirokida yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etidi.
Chim mahallasida yashash va ishlash sharoitlari yaxshilandi
- Saida Mirziyoyeva Aşxoboddagi sanʼat körgazmasida iştirok etdi
- Farğona davlat universitetida Özbek tili bayramiga bağişlangan tadbir ötkazildi
- Samarqandda oğir xastalikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça Global tarmoq taşkil etildi
- Shinjon usuli paxtachilikda yuqori samara bermoqda
- Taʼlim va ilm-fan vazirligida «Call-markaz» va Jamoatçilik kengaşi taşkil etiladi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi