Olamdan oʻtgan 568 nafar shaxs nomiga yuklar olib kelingan

    Bojxona brokeri faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga aniq talablar belgilanmagani oqibatida ayrim nohalol tadbirkorlar soliq va bojxona toʻlovlarini toʻlamaslikka urinish holatlari kuzatilmoqda.

    Ayrim kuryerlik tashkilotlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlaridan ularning ruxsatisiz foydalanish natijasida joriy yilda 4 ta holatda 200 dan ortiq fuqaro nomiga yuklar olib kelingan. 1,4 milliard soʻmlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, kuryerlarga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.

    2021-yil davomida fuqarolarning ruxsatisiz ularning nomiga olib kelingan yuklar oʻrganilganda ushbu fuqarolarning 568 nafari olamdan oʻtgan shaxslar ekani aniqlangan. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Choriyev parlament quyi palatasi majlisida qayd etib oʻtdi.