Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 25-sentyabr kuni fuqaro Gʻ.O. oʻz boshqaruvida boʻlgan “Equinox” rusumli avtomobili qoldirilgan joyida yoʻqligi yuzasidan “102” tizimiga xabar bergan.
Kelib tushgan xabarga koʻra, IIV JXD YHXX Navbatchilik qismi tomonidan “Toʻsib ushlash“ rejasi eʼlon qilingan.
IIV JXD YHXX “Qamchiq” dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu avtomobil va uni olib qochgan shaxs, 1990-yilda tugʻilgan Z.M. “Namangan“ YPX maskanida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi hamda uni olib qochgan shaxs va uning yoʻlovchisi Toshkent shahar, Mirobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.