Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Areg Totolyan ba'zi odamlar COVID-19 bilan kasallanmacligiga e'tibor qaratdi.
“SARS-CoV-2”ga qarshi immunitetga ega bo'lgan ma'lum bir guruh odamlar bor”, - dedi u Izvestiyaga.
Olimning ta'kidlashicha, bunday holat bir necha oy davomida “qizil hududda” ishlagan ba'zi shifokorlarni batafsil tekshirish paytida kuzatilgan.
“Ular yuzlab bemorlar bilan aloqada bo'ldi, ammo ularning organizmida antitanachalar aniqlanmadi", - deya tushuntirdi Totolyan.
Immunolog, shuningdek, COVID-19 tasdiqlangan bemorlarda kasallikdan keyin antitanachalar hosil bo'lmagan holatlar haqida gapirdi. Akademikning so'zlariga ko'ra, bu haqiqat “SARS-CoV-2”ning hali o'rganilmagan sirlaridan biridir.
"Bunday bemorlar biz kutganimizdan ham ko'proq", - deya ta'kidladi mutaxassis.
ekspertning ta'kidlashicha, odatda immunitet tanqisligi holatlarida antitanachalar ishlab chiqarilmaydi, ammo aholi orasida bundaylar unchalik ko'p emas. Koronavirus infektsiyasidan tiklanganlar orasida esa ular ko'pchilikni tashkil etadi.