Olimlar 1930-yildan buyon odam miyasining hajmi deyarli 7 foizga oshganini aniqlashdi

    Deyvisdagi Kaliforniya universiteti olimlari 1930-yildan buyon odam miyasining hajmi deyarli 7 foizga oshganini aniqlashdi.

    Tadqiqotchilar 30 yoshdan 62 yoshgacha bo'lgan 5209 erkak va ayolda miya hajmini o'lchash uchun miya magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) foydalanishdi. Qayd etilishicha, MRT tekshiruvlari 1999-yildan 2019-yilgacha o'tkazilgan. Tadqiqot ishtirokchilari 1930-1970-yillar orasida tug'ilgan.

    Natijalar shuni ko'rsatdiki, 1930-yillarda tug'ilganlar uchun miyaning o'rtacha hajmi 1234 millilitrni tashkil etgan bo'lsa, 1970-yillarda tug'ilganlar uchun bu ko'rsatkich 1321 millilitrga ko'tarilib, taxminan 6,6 foizga o'sgan.

    Olimlar, shuningdek, miya hajmining oshishi yosh avlod vakillarida demensiya xavfini kamaytirishi bilan bog'liqligini aniqlashdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.