Olimlar COVID-19 dan himoyalanish uchun besh soniya qoidasini taklif qilishdi

    Havo-tomchi yo'li bilan yuqadigan kasalliklarga chalinish ehtimoli odam infeksiya manbai bilan muloqot qilayotgan paytda, dastlabki besh soniyada ortadi.

    Buni Sukuba va Xalqaro Tinch okeani universitetlarining yapon olimlari aniqlashdi.

    Tadqiqot davomida mutaxassislar zarracha tezligini yuqori tezlikdagi kamera va lazerli varaq yordamida o'lchash usulidan foydalanishdi. Tajribalar turli hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilgan, odamlarning harakat tezligi va xona qanchalik yaxshi ventilyatsiya qilingani ham hisobga olingan.

    Ma'lum bo'lishicha, COVID-19, gripp va boshqa shunga o'xshash kasalliklarni yuqtirishning eng yuqori xavfi infeksiya manbai bilan aloqa qilgandan keyin birinchi besh soniyada sodir bo'ladi. Bu ochiq joylarga ham, yopiq inshootlarga ham tegishli.

    Olimlarning fikriga ko'ra, aloqadan so'ng dastlabki besh soniyada ko'rilgan ehtiyot choralari infeksiya xavfini bartaraf etadi. Xususan, mutaxassislar nafasni ushlab turishni va kamida bir metr masofani saqlashni taklif qilishdi, deb xabar beradi lenta.ru.