Bu quyosh nurini qaytarish va Yerdagi haroratni pasaytirish uchun atmosferaga kichik zarrachalar qo'shishga asoslangan usul. Tadqiqot Earth jurnalida chop etilgan.
Ilgari, aerozollarni juda baland – ekvator yaqinida taxminan 20 kilometr balandlikka ko'tarish talab qilinadi, deb hisoblangan. Bu maxsus samolyotlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, agar zarrachalar 13 kilometr balandlikda, Yer qutblariga yaqinroq joylarga, misol uchun Norvegiya yoki Alyaska hududlariga Boeing 777F kabi oddiy yuk tashuvchi samolyotlar yordamida purkalsa, sezilarli sovitishga erishish mumkin.
Agar zarrachalar ekvatorga yuqoriroq va yaqinroq joyga purkalsa bu usul kamroq ish beradi. Xuddi shu ta'sirga erishish uchun ko'proq moddalarni ishlatish kerak bo'ladi – taxminan uch baravar ko'p. Bu kislotali yomg'ir kabi nojo'ya ta'sirlar xavfini oshiradi. Bundan tashqari, bu usul vositasida global isishning ta'siri eng yuqori bo'lgan tropik hududlarni sovitish qiyin.
Biroq, olimlar iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishning barcha mumkin bo'lgan usullarini o'rganish muhim deb hisoblamoqda. Yangi texnologiya ishlab chiqilishini ko'p yillar kutishdan ko'ra, mavjud samolyotlardan tezda foydalanishni boshlash osonroq va arzonroq bo'lar edi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu usul issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish zaruratidan voz kechishga imkon bermaydi. Global isish muammosining haqiqiy yechimi uglerod izlarini kamaytirishdir, deb xabar beradi gazeta.ru.









