Massachusets universiteti olimlari havodan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan qurilma ishlab chiqishdi.
O'lchami 100 nanometrdan kam bo'lgan mikroskopik teshiklarga asoslangan yangi “havo generatori” yoki Air-gen qurilmasi inson sochidan ming marta kichik bo'lib, havodagi suv tomchilaridan elektr energiyasini qabul qila oladi.
Nam havo Air-gen materialidagi kichik teshiklaridan o'tganda, suv molekulalari birinchi navbatda plyonkaning yuqori, keyin esa pastki qismi bilan aloqaga kirishadi. Bu zaryadlarning, ya'ni elektr energiyasining nomutanosibligini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, keyingi tadqiqot natijalari 100 nanometr yoki undan kichik bo'lgan deyarli har qanday material Air-gen qurilmasiga aylanishi mumkinligini ko'rsatdi.
Tadqiqotchilar bu texnologiya qazib olinadigan yonilg'iga muqobil bo'lib, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda yordam berishi mumkinligiga umid qilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.