3D-printer yordamida yasalgan mazkur qurilma yuzasi sunʼiy teri bilan qoplangan. U inson barmoqlariga xos barcha funksiyalarni bajarishga qodir. Qolaversa, tashqi taʼsirlar, masalan, issiq va sovuqni, ogʻriqni his qilish qobiliyatiga ega.

Buning uchun protez inson barmoqlari uchidagi turli nerv tolalari singari miyaga signallar joʻnatadagan maxsus mitti sensorlar bilan jihozlangan.

Olimlar haqiqiy taktil neyronlar faoliyatiga juda oʻxshash ushbu sunʼiy nerv signallari hosil qilinishini katta voqelik, deb hisoblamoqda.

Qolaversa, tajribalar davomida protez barmoqlar qoplamalarini xuddi inson terisi bilan bir xil koʻrinishda yasashga muvaffaq boʻlindi.

Mutaxassislar fikricha, bu kashfiyot kelajakda robotlar qoʻllarini yaratishda ham foydali boʻlishi mumkin. Chunki mazkur protezlar kichik va nozik detallar bilan ishlash imkonini beradi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.