Olimlar koronavirus bilan kurashishda yordam beradigan ichimlikni aniqladi

    Essen universiteti klinikasi Virusologiya instituti (Germaniya)ning bir guruh olimlari shifobaxsh o'simliklar asosidagi choylarning koronavirus faoliyatini cheklashi mumkin bo'lgan kuchli antivirus ta'sirga ega ekanligini aniqladi.

    Essen universiteti klinikasi Virusologiya instituti (Germaniya)ning bir guruh olimlari marmarak (shalfey) va perilla asosidagi choylarning koronavirus faoliyatini cheklashi mumkin bo'lgan kuchli antivirus ta'sirga ega ekanligini aniqladi. Shu haqdagi maqola biorxiv portali tomonidan nashr etilgan. Tadqiqot boshqa mutaxassislarning ham sharhlarini kutmoqda.
    Izlanishlar davomida mutaxassislar koronavirus bilan kasallangan hujayralarni marmarak, perilla va koriandr o'simligidan tayyorlangan damlamada inkubasiya qildi. Buning uchun avval ular damlamani qaynash darajasiga keltirib, so'ngra o'simlik tarkibiy qismlari bilan maksimal to'yinganligini ta'minlash uchun 60 daraja suv haroratida ikki soat davomida qoldirishdi.

    Tadqiqotchilar marmarak va perilla damlamasini ozroq miqdorda ichishning o'ziyoq koronavirus ko'payishini sezilarli darajada kamaytirish uchun etarli bo'lishini aniqladi — bu natija hujayralarga ta'sir ko'rsatilgandan so'ng yarim soat o'tgach kuzatildi. Shu bilan birga, umumiy infeksiyalarni davolashda bu natija kor qilmasligi mumkin. Chunki ayni shu damlama gerpes virusiga xuddi shunday ta'sir ko'rsatmadi.

    Olimlar bunday choylardan, ehtimol koronavirus infeksiyasining oldini olish uchun foydalanish mumkin degan xulosaga kelishdi, ammo boshqa mutaxassislar tomonidan bu ma'lumot hali baholanmagan.