Qayd etilishicha, olimlarning bunday chaqiruvi yuqori patogenli parranda grippi yaqinda yangi bosqichni bosib o‘tgani bilan bog‘liq. Nashr etilishicha, kasallik minglab dengiz fillari hayotiga zomin bo‘lgan og‘ir epidemiyada dengiz sutemizuvchilari orasida tarqalmoqda. Virusning rivojlanishi va moslashishi inson salomatligiga qanday taʼsir, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida jiddiy tashvish uyg‘otadi.
O‘tgan yilning oktyabr oyida Argentinaning Valdez yarim orolida parranda grippining shtammi bo‘lgan H5N1 epidemiyasi boshlangan va olimlarning fikriga ko‘ra, 17 000 dengiz fillarini nobud qilgan. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, H5N1 qushlar va dengiz sutemizuvchilarga yuquvchi alohida guruhlarga bo‘lingan, bu misli ko‘rilmagan hodisa.
Tadqiqotchilar virus to‘g‘ridan-to‘g‘ri sutemizuvchilar orasida tarqalishi uchun moslashgan bo‘lishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Olimlarning ogohiga ko‘ra, u sut emizuvchilarga qanchalik moslashsa, odamlar uchun ham shunchalik xavfli bo‘ladi.