Olimlar Quyoshda kuchli chaqnashni qayd etishdi

    Olimlar dushanba kuni Quyoshda X sinfiga yaqin kuchli chaqnashni qayd etishdi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti (Rossiya Federatsiyasi).

    “25-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 10:42 da rentgen diapazonida 34 daqiqa davom etgan M9.4 (N21E89) chaqnashi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

    Bundan tashqari, 25-noyabr kuni yana ikkita chaqnash sodir bo'ldi – M1.1 va M1.8.

    Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo'linadi: A, B, C, M va X. Minimal A0.0 darajasi Yer orbitasidagi 1 kvadrat metr uchun 10 nVt radiatsiya quvvatiga to'g'ri keladi. Keyingi harfga o'tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnashlar odatda quyosh plazmasining emissiyasi bilan birga keladi, bulutlari Yerga yetib kelib, magnit bo'ronlarini qo'zg'atishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.