Xususan, puxta tahlil natijasida yoʻgʻon ichakda saratonning tez tarqalishiga sabab boʻladigan “aybdorlar” aniqlangan. Bular qora choy, shokolad, yongʻoq kabi antioksidant miqdori yuqori oziq-ovqat mahsulotlaridir.

Olimlarning fikriga koʻra, saraton kasalligining rivojlanishida hal qiluvchi rolni “p53” deb nomlangan oqsil oʻynaydi, u hujayradagi irsiy mutatsiyalarni bostiruvchi hujayrali toʻsiq vazifasini bajaradi. Oqsil shikastlanganda, u nafaqat hujayrani himoya qilishni toʻxtatadi, aksincha, saraton rivojlanishini ragʻbatlantiradi, oʻsmalarning tarqalishi va oʻsishiga yordam beradi.

Tadqiqotchilar antioksidantga boy mahsulotlar bilan doimiy oziqlantirilgan sichqonlar ustida tajriba oʻtkazdi. Natijada “r53” oqsili sichqonlar ichak florasida saratonni qoʻzgʻatuvchi rejimini tezlashtirganligi aniqlandi.