Bu haqda «Phys.org» press-relizida ma'lum qilingan.
Natijalari nufuzli «Nature» ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot chog'ida mutaxassislar 52 ta rezus maymunini egasining hujayralariga koronavirusni yuqtirishda hal qiluvchi rol` o'ynaydigan S-oqsilini («tikanli» oqsil) ekspressiya qiladigan o'zgartirilgan adenovirus (Ad26)ning bir martalik dozasi yordamida immunizatsiya qildilar. Shundan so'ng jonivorlarga burun va traxeya orqali SARS-CoV-2 yuqtirildi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, Ad26 antitanachalarning barqaror neytrallashtiruvchi reaktsiyasini keltirib chiqargan va SARS-CoV-2ni yuqtirgandan so'ng nafas olish a'zolarini to'liq yoki deyarli to'liq himoya qilgan.
Hozirgi vaqtda vaktsina klinik sinovlardan o'tkazilmoqda.