Ekspertlar taxminiga ko'ra, ushbu AS 209 sayyorasi Yerdan 395 yorug'lik yili olisda joylashgan. U shu darajada yoshki uning atrofida hali-hamon protoplanet disk joylashgan. Mazkur disk gaz va chang yig'indisidan tarkib topgan bo'lib, undan sayyoralar hosil bo'ladi.

Qayd etilishicha, ushbu sayyora taxminan Yupiter vazniga yaqin. Lekin o'z yulduzidan juda olisda joylashgan. Mazkur ekzosayyora o'z yulduzidan 30 milliard kilometr olisda joylashgan, deb xabar beradi korrespondent.net.