Olimlar “Sputnik V” vaksinasining bir dozasi ham yetarli degan xulosaga keldi

    Dolzarb 16 Aprel 2021 766

    Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining bir dozasi ham yuqori immun javob qaytara olishini argentinalik olimlarning tadqiqoti koʻrsatdi.

    Mart oyi soʻngida Argentina hukumati fuqarolarga COVID-19ga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qoʻllashga qaror qildi. Ikkinchi dozani qoʻllashni esa uch oydan keyinga qoldirdi. Shu yoʻl bilan hokimiyat dunyoda koronavirusga qarshi vaksina yetishmayotgan bir paytda imkon qadar koʻp kishini emlamoqchi boʻlgan.

    Argentina hukumati matbuot xizmati tadqiqot natijalari boʻyicha “228 nafar koʻngilli ishtirok etgan Sputnik V” vaksinasiga immun javob tahlili ularning 94 foizida birinchi dozadan keyin antitanachalar paydo boʻlishini koʻrsatgan”, — degan xulosani keltiradi.

    Tadqiqotda “Tahlil shuni koʻrsatadiki, avval kasallik yuqtirgan va “Sputnik V” vaksinasidan bir dozada emlanganlarda kasallanmasdan turib ikki dozada emlangan koʻngillilarga nisbatan 4,6 baravar koʻp antitanachalar aniqlangan”, — deyiladi.

    Shuningdek, 60 yoshga yetmagan 96 foiz odamlarda bir dozada emlangandan 21 kun oʻtib antitanachalar paydo boʻlgan. 60 yoshdan yuqori odamlarda esa ushbu koʻrsatkich 89 foizni tashkil etadi, deb xabar beradi RIA Novosti.