Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʻrinbosari vazirlik tomonidan koronavirusga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldi. Xususan, Xitoyning “Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning III faza klinik sinovlarini oʻtkazish jarayoni, koronavirusni aniqlovchi PSR-test tizimlari ishlab chiqarilayotgani, Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi kurashga doir ilmiy tadqiqotlar haqida maʼlumotlar berdi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda Yaponiyaning ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikka tayyorligini bildirib oʻtdi.
Sh. Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan PZR-test tizimlarini yaratish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qilib, ushbu markaz olimlari tomonidan COVID-19 virusining “Britaniya shtammi”ni aniqlovchi test tizimini yaratish ustida ish olib borilayotganini maʼlum qildi.
Yaponiya elchixonasi vakillari kelgusida tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor yapon tashkilotlari va kompaniyalarini topishda amaliy koʻmak berish masalasini koʻrib chiqishiga kelishildi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.