Davlatimiz rahbari ana shu mukofotlarni oʻz egalariga topshirdi.

Farmonga koʻra, Bahodir Jalolov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, Akbar Joʻrayev, Ulugʻbek Rashidov “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni, Bekzod Abdurahmonov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni, Davlat Bobonov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Oksana Chusovitinaga esa “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni topshirildi.