Yaponiya hukumati joriy yilning 23-iyul - 8-avgust kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan ishchi-xizmatchilarni COVID-19 kasalligiga qarshi emlash uchun Pfizer kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Bugun bu haqda Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi rahbari Tamayo Marukava Xalqaro olimpiya qoʻmitasiga axborot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, vaksinaga qarshi emlash ishlari 17-iyun kuni boshlanadi. Birinchi bosqichda Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari uchun moʻljallangan “Sportchilar qishlogʻi”da yashovchilarga xizmat qiladigan 20 ming nafar xodim emlansa, ikkinchi bosqichda yana shuncha kishi koronavirusga qarshi Pfizer dorilarini qabul qiladi.
Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimiga esa roppa-rosa 38 kun vaqt qoldi.
Toʻlqin ROʻZIYEV.