Qarorga koʻra, 2022/2023-yillar kuz-qish davrida respublika boʻyicha:

2,967 ta koʻp kvartirali uylar;

299 ta gaz taqsimlash punktlari;

1,815.3 km ichimlik suvi tarmoqlari;

2,420 ta ijtimoiy soha obyektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat obyektlari, 11 ta sport obyektlari mukammal) taʼmirlanadi;

149 km gaz quvurlarini tiklash-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi;

6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi;

1,680,000 tonna koʻmir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha obyektlariga 518,000 tonna koʻmir yetkazib beriladi);

443 ta olis va borish qiyin boʻlgan qishloq (ovul)larda koʻmir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.