Jumladan, isteʼmolchilik sohasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish hamda aholining huquqiy bilimini oshirishga koʻmaklashish, kutubxonalar faoliyatini tashkil etish maqsadida “Isteʼmolchi kutubxonasi” hamda “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari ishlab chiqildi. Loyiha doirasida bugungi kunda mamlakatimizning oʻttizdan ortiq tuman va shahrida “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy komplekslari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yaqinda Navoiy viloyatining olis choʻl hududi – Tomdi tumanida joylashgan “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy komleksining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda tuman hokimi Qayrat Aldabergenov, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov, senator Ulugʻbek Fayziyev ishtirok etib, yurtimizda aholining isteʼmolchi sifatida huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.
Ushbu “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi “Zarafshon Golden Group” kompaniyasi homiyligi asosida qurildi.