Olis hududda tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi

    Salomatlik 5 Avgust 2024 496

    Payariq tumani markazidan 60 km uzoqlikda joylashgan Payariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 22-son Oilaviy poliklinikasining Nakurt filiali binosi 1987 yilda hashar yo'li bilan qurilgan.

    Nakurt mahallasida yashovchi 2500 nafar aholiga 1 nafar oilaviy shifokor, 6 nafar o'rta tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko'rsatadi. Xizmat ko'rsatish radiusi 10 km.ni tashkil qiladi.

    OSHP binosi “SXF construction group” MChJ rahbariyati tomonidan homiylik hisobidan 2051.0 million so'm mablag' hisobidan hozirda 50 qatnovga mo'ljallangan yangi zamonaviy bino barpo qilinib, foydalanishga topshirildi.