O.Norov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavr (2006-yil) va magistratura (2008-yil) bosqichlari hamda Varshava universiteti Sharqiy Yevropa tadqiqotlari markazini (2009-yil) tamomlagan.

U bunga qadar «Oʻzbekinvest« eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.