Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi

    Toshkent shahrida 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi oʻz ishini boshladi.

    Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

    Kun tartibiga muvofiq, majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.

    Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, Hukumat aʼzolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan diplomatik korpus vakillari, chet el va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

    Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov kirish soʻzi bilan ochdi va kun tartibi tasdiqlandi.

    Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maʼruza qilmoqda.